2021-yil 30 — sentyabrda Xorazm viloyati qo’g‘irchoq teatrida “1-oktyabr -Ustoz va murabbiylar kuni”ga bag’ishlab madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirni teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev olib bordi. Ustozlarga, fidoyi faxriylarga teatr ma’muriyati nomidan bayram tuxfalari taqdim qilindi. Ularga extirom ko’rsatilib, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Otabek Ismailov o’z ijodidan namunalar o’qidi. Shuningdek, teatr aktyorlari ustozlarni madx etuvchi she’rlardan ishtirokchilar e’tiboriga xavola qilishdi.
Shu bilan birga tadbirning badiiy qismida ustoz va murabbiylar xamda boshqa qatnashchilar uchun milliy folklor namunalari asosidagi konsert dasturi xam taqdim etildi.

0 comments on “”