Янгиликлар

2026 yil 5-sentyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida

34- ijodiy mavsum tantanali tarzda ochildi.

Ochilish jarayonida aholi vakillari teatr oldi maydonida kutib olinib shu yerning o‘zida ular uchun pozitiv kayfiyat ulashuvchi sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.

Dasturga muvofiq soat 11:00 da teatr tomosha zalida ijodiy mavsum «Jaloliddin Manguberdi»  spektakli bilan rasman ochiq deb e’lon qilindi.

34-mavsum ochilishida namoyish etilgan spektakl tomoshasida 163 nafar tomoshabin qatnashdi.

 

@Xorazmkukol

2026 — yil 2-3 sentyabr kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Ochiq eshiklar kuni» doirasida aholi vakillari jumladan kattalar va bolalar uchun «Jaloliddin Manguberdi» spektakli namoyish etildi.

@Xorazmkukol

2026-yil 1-sentyabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari «Mustaqillik bayrami» munosabati bilan Xiva shahridagi Ichan qal’a muzey qo‘riqxonasi hamda Arda Xiva turistik markazida teatrlashtirilgan maydon tomoshalari va milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlarini namoyish qilishdi.

@Xorazmkukol

«1-sentyabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi» kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrda «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan teatr tomosha zalida D.Yusupovning milliy vatanparvarlik ruhidagi «Jaloliddin Manguberdi» (rejissyor Sh.Yusupov) spektakli namoyish etildi. Spektakl tegishli tartibga ko‘ra barcha tomoshabinlar uchun  bepul tarzda taqdim qilindi.

@Xorazmkukol