Янгиликлар

2026-yil 11-iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari viloyatning chekka hududlaridan hisoblangan Tuproqqal’a tumani bo‘ylab ijodiy safarlari doirasida mazkur tumandagi MTTlar hamda bolalar oromgohlarida teatr repertuaridagi eng safa spektakllarni namoyish etishdi.

2026-yil 10-iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahridagi MTTga tashrif buyurib «Xiva lazgisi» spektaklini namoyish etishdi.

2025-yil 9-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Xiva shahridagi MTTga tashrif buyurib eng sara spektakllardan «Malikaning alifbosi» spektakli namoyish etildi.

2026-yil 6-7 iyun kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Xiva shahridagi Arda Xiva turistik markazida mazkur markaz hamda teatr o‘rtasida tuzilgan shartnomaga binoan yangi loyiha asosida «Jaloliddin Manguberdi» nomli tarixiy ahamiyatga ega teatrlashtirilgan maydon tomoshasini namoyish etishib,  mahalliy va xorijiy sayyohlarga keng taassurotlar bag‘ishlashdi.

2026-yil 6-iyun kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomosha zalida Xiva shahridagi “Alpomish” bolalar oromgohida dam oluvchi o‘quvchi bolalar va o‘smirlar uchun teatr repertuaridagi “Oltin kalitcha” (R.Cho‘qqiyev) spektakli namoyish etildi.