Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi respublikamiz bo’ylab o’tkazilayotgan “Abdulla Qodiriy-O’zbek adabiyoti xazinasidan ” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar doirasida 4,5-oktyabr kunlari Xiva shaxridagi 2-son umumiy o’rtata’lim maktabi xamda Ogaxiy ijod maktabida ijodiy uchrashuvlar tashkil etib, spektaqllar namoyish etdi.
Bugungi kunda jamoamizning Abdulla Qodiriy daxosi to’g’risida xar qachogidan xam ko’proq to’lqinlanib, faxrlanib gapirishga asosi bor. Chunki teatrda faoliyat olib borayotgan teatr va kino aktyori Elyorbek Atabayev “Abdulla Qodiriy” filmida bosh rol – Qodiriy siymosini gavdalantirgan bo’lsa, “Avloniy” filmida xam Abdulla Qodiriy obrazini talqin etdi. Elyorbek Atabayev mazkur madaniy-ma’rifiy uchrashuvlarda xar ikki ta’lim dargoxi ustozlari va o’quvchilari bilan muloqot o’tkazib, o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashdi. Qolaversa, tadbir qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi. Uchrashuvning ikkinchi qismida teatr ijodkorlari tomonidan spektaqllar xam namoyish etildi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.