Muqaddassan ayol
Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida 8 mart- Xalqaro xotin — qizlar kuniga baģishlab «Muqaddassan ayol!» deb nomlangan bayram tadbiri bòlib òtdi. Teatr direktori Davronbek Atabayev, adabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupov va boshqalar jamoadosh xotin -qizlarni bayram bilan tabriklab ezgu tilaklarini izhor etdilar. Boshlanģich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi Yusufboy Allaberganov ham yiģilganlarni qutlab xotin-qizlarga bayram sovģalarini tantanali ravishda topshirdi. Onalarni, Ayollarni madh etuvchi sh’er va qòshiqlar davraga fayz kiritdi, dillarga cheksiz quvonch baxsh etdi.
Teart axborot xizmati.

0 comments on “”