2022- yil 23, 24, 25- dekabr kuni Xorazm viloyati qòğirchoq teatri jamoasi «Yangi yil ertagi» deb nomlangan bayram dasturi tomoshalarini namoyish etdi.
23- dekabr kuni teatr jamoasi Urganch aeroportida » Prezident sovģalari»ni Xorazm viloyatiga yetib kelishi munosabati bilan òtkazilgan tantanali marosimda ertak qahramonlari qiyofalarini aks ettirib, faollik kòrsatishdi. Shuningdek, Urganch shaxridagi aloxida e’tiborga muxtoj bolalar ta’lim — tarbiya oladigan 26-son MTTda xayriya tomoshalarini taqdim etishgan bòlsa, 25- dekabrda Urganch shaxridagi bayram yarmarkasida chiqishlar qilishdi.
26-dekabrdan teatr jamoasi Urganchda Markaziy archa atrofidagi bayram dasturlari doirasidagi madaniy tadbirlarda teatrlashtirilgan tomoshalar bilan ishtirokini boshladi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.