Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri bir guruh ijodkorlari 2023-yil 11-16 dekabr kunlari Turkiya Respublikasi Bursa shahrida o’tkazilgan “XX Xalqaro Bursa Qorago’z qo’g’irchoq va soya teatri festivali” da ishtirok etib, 17 ta teatr ichida repertuardagi «Xiva lazgisi» spektaklini namoyish etgan xolda, tanlov hay’atining yakuniy xulosasiga ko’ra festivalning eng yaxshi spektakli e’tirofiga munosib topilishdi. 14-dekabr kuni ikki seansda chiqish qilgan teatr ijodkorlarining mazkur spektakli namoyishiga 500 nafardan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi. Sahna asari tashkilotchilar va barcha ishtirokchilar hamda tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo’ldi. Teatrning 7 nafar ijodkorlardan iborat qatnashchilarga alohida sertifikatlar hamda festivalning mahsus esdalik statuetkasi topshirildi.
0 comments on “”