2024-yil 27-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o’rinbosari M.A.Majidov Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining yangi binosi qad rostlayotgan Xiva shahridagi Najmiddin Kubro ko’chasidagi qurilish jarayonlari bilan shaxsan tanishdi. Tashrif doirasida keng ko’lamli qurilish — tiklash ishlariga guvoh bo’lib, teatr ma’muriyati va jamoasi tomonidan bildirilgan takliflarni o’rganib chiqishini ma’lum qildi, shuningdek, o’zining bu boradagi maslahatlari bilan ham o’rtoqlashdi.
0 comments on “”