2024 — yil  18 — mart kuni  Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan «Olam nurga to’lsin sen bilan Navro’z!» shiori ostida Xiva shahrida o’tkazilgan katta bayramona tadbirlarda faol ishtirok etishdi. Teatr ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan milliy qog’irchoq o’yinlari, milliy xalq o’yinlari  hamda kuy- qo’shiqlardan iborat teatrlashtirilgan madaniy chiqishlar bayram qatnashchilariga haqiqiy bahoriy kayfiyat bag’ishladi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.