2024 — yil  19 — mart kuni  Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan «Olam nurga to’lsin sen bilan Navro’z!» shiori ostida viloyat markazi  Urganch  shahrida o’tkazilgan katta bayram tadbirida  faol ishtirok etishdi. Teatr ijodkorlari tomonidan taqdim etilgan milliy qog’irchoq o’yinlari, milliy xalq o’yinlari  hamda kuy- qo’shiqlardan iborat teatrlashtirilgan madaniy chiqishlar, ayniqsa teatr iqtidorli aktyori Davronbek Ataxonovning xalqimizni sevimli san’atkori Jummi Shix obrazini gavdalantirgani bayram qatnashchilariga haqiqiy bahoriy kayfiyat bag’ishladi.

Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi yurtdoshlarimizni Navzo’z bayrami bilan qizg’in muborakbod etadi!

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.