Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri binosida 27-mart «Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan tantanali tadbir tashkil qilindi. Tadbirda teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev, teatr kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti raisi Yusufboy Allaberanovlar so’zga chiqib, butun jamoani sharafli kasb bayramlari bilan qutlashdi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Otabek Ismailov mavzuga doir sherlarini o’qib berdi. teatrning fidoyi va jonkuyar xodimlaridan bir guruhi sovg’alar bilan taqdirlanishdi.
Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri jamoasi soha xodimlarini, ijodiy hamkorlarini va barcha teatr san’ati ixlosmandlarini «Xalqaro teatr kuni» bilan qizg’in muborakbod etadi!
0 comments on “”