O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25-dekabrdagi “Axoliga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 406-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi 2024 yil 21-may sanasidan boshlab Navoiy viloyati bo’ylab teatr repertuaridagi I. Lukyanovaning “Karvon saroy” (sahnalashtiruvchi rejissyor Sh.Jabbarov)spektakli bilan ijodiy gastrol safarini boshladi.
Safarning dastlabki kunida viloyatning Navbahor tumani hududida joylashgan MTT larda spektakl namoyishlari taqdim etildi. Teatr tomoshalari namoyishi mazkur viloyat bo’ylab 22-may kuni ham davom ettirilmoqda.
@Xorazmkukol
0 comments on “”