2024-yil 24-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida teatrning joriy yil repertuar rejasi II choragiga kiritilgan Xristo Stoychevning «Lazgi» (Rejissor: X. Stoychev) spektaklini O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari A. Tadjixanov boshchiligidagi mutasaddi vakillar ishtirokidagi ko’rigi o’tkazildi. Yangi sahna asarini Badiiy Kengashda ko’rib chiqqan vazirlik rahbariyati va mutahassis xodimlaridan iborat vakillar spektaklni yaxshi baholab ommaga namoyish etish bo’yicha o’z xulosalarini taqdim etgan xolda tegishli taklif va tavsiyalarini ham berishdi.
@Xorazmkukol
0 comments on “”