🎭🎭🎭🎭🎭🎭
2024-yil 26-iyunda “Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida teatr rejissor yordamchisi Farog‘at Saitnazarova tomonidan sahnalashtirilgan “Qora qilmish” nomli sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. Unda giyohvandlikning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida ta’sirli voqealar yaqqol ifoda etildi.
Shuningdek, 25-26 iyun kunlari teatr tomosha zali va joylarda o‘tkazilgan spektakllar namoyishi oldidan jamoaning yetakchi aktyorlari tomoshabinlar bilan “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida davra suhbatlari tashkil etishib, yuqoridagi sahna ko‘rinishidan parchalar namoyish etishdi.
@Xorazmkukol
0 comments on “”