Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida «30- iyun — Yoshlar kuni» munosabati bilan tantanali adabiy — badiiy dastur tashkil etildi. Dasturning birinchi qismida teatr ijodkorlari bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar to’g’risida atroflicha to’xtalishdi. Tadbirning badiiy qismida teatr aktyori S.Bog’ibekova ijrosida «Yoshligim» taronasi yangradi, shuningdek, teatr oliy toifali aktyori A.Tillayeva mavzuga oid sherlardan ifodali o’qidi. Teatrning yosh rassomi D. Xudoyorov hamda M. Arislanbayevalar ijodiga mansub tasviriy san’at namunalari ham namoyish etildi.
0 comments on “”