2024 — yil 29-avgust kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga bag’ishlab bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda teatr bosh rejissori G.Yusupova va adabiy bo’lim mudiri D.Yusupovlar so’zga chiqib, jamoani Mustaqillik shodiyonasi bilan qizg’in qutlashdi. Jamoa a’zolaridan mehnatda faollik ko’rsatgan bir guruh ijodkorlar bayram munosabati bilan birlashgan kasaba uyushmasi tomonidan taqdim etilgan savg’alar bilan taqdirlanishdi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.