Joriy yil 7-8 oktyabr kunlari Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Ibrohim Sodiqov inssenirovkasi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Fatxulla Hodjayev tomonidan sahnalashtirilgan «Turna pati» spektaklini xorazmlik teatr san’ati ixlosmandlari uchun namoyish etishadi. Mazkur spektakl namoyishlari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining tomosha zalida o’tkazilib, Xiva shahridagi o’rta umumta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya oluvchi bolalar uchun xursandchilik laxzalari va keng taassurotlar ulashildi. Yakunda qashqadaryolik qo’g’irchoq san’ati ustalari Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri tomonidan TASHAKKURNOMA bilan taqdirlanishdi.
0 comments on “”