2024-yil 28-dekabr kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Xiva shahar kengashi tomonidan bayramona tadbir tashkil etilib, Xiva shahar mahallalaridan tashrif buyurgan bolajonlar uchun sovg‘alar ulashildi. Bayramona dastur davomida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari tomonidan B. Matniyazovning «Qorboboga maktub» spektakli namoyish qilindi. Sarguzashtlarga boy qiziqarli sahna asari tomoshasi bolajonlarga manzur bo‘ldi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.