2025-yil 8-fevral kuni «9-fevral-Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi» munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida madaniy-marifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda teatr aktyorlari tomonidan navoiy siymosini aks ettirgan holda g‘azallar o‘qildi. Shuningdek, buyuk shoir qalamiga mansub «Layli va Majnun» spektaklidan parchalar ijro etildi. Ijodkorlar bobokalonimiz ijodiga mansub sherlar asosida qo‘shiqlar ijro etib, g‘azallarni ifodali o‘qib berishdi. Tadbir davomida Alisher Navoiy hayoti, ijodi va faoliyati to‘g‘risida ma’ruzalar qilinib, uning hayot tarzi yosh avlod uchun ibrat timsoli qilib ko‘rsatildi.

 

 

@Xorazmkukol

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.