2025-yil 22-fevral kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayevning 60 yillik yubiley shodiyonasi keng nishonlandi. Unda O‘zbekiston Respublika Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati Hokimligi, Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi, Xiva shahar Hokimligi rahbariyati hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Davronbek Atabayevga eng ezgu tilaklar bildirilib, Madaniyat vaziri nomidan «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, mahalliy hokimliklar, soha xodimlari va boshqa tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

0 comments on “”