#Gastrol
2025-yil 11-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Qashqadaryo viloyatiga gastrol safarini boshlashdi. Xorazmlik qo‘g‘irchoq san’ati ustalari Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri binosida jamoa tomonidan kuy-qo‘shiq sadolari ostida tantanali tarzda kutib olindi. Shu kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri bir guruh ijodkorlari Qarshi tumanidagi Oilaviy NMTTda bolajonlar uchun teatr repertuaridagi «Afandi hangomalari» spektaklini namoyish etishdi.
@Xorazmkukol
0 comments on “”