2025-yil 17-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Bolgariya Respublikasi Tirgovishte shaxrida Volshebniy zanaves — 24 xalqaro teatr festivali doirasidagi chiqishlarida milliy qadriyatlarimiz va urf odatlarimiz aks etgan «Xiva lazgisi» spektaklini namoyish etishdi. Spektakl namoyishi O‘zbekiston bilan bir qatorda festivalda ishtiroq etayotgan Ispaniya, Makedoniya va Bolgariya davlatlari vakillari xamda xorijliklardan iborat keng tamoshabinlar auditoriyasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Yakunda Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi festival tashkilotchilarining maxsus Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlanishdi.
@Xorazmkukol
0 comments on “”