2026-yil 21-mart kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida “Teatr tomoshalari haftaligi” ning birinchi kuniga start berilib, teatrning tomosha zalida belgilangan rejaga asosan repertuardagi “Do‘stlik bog‘i” (Muallif S.Kazlov, rejissyor T.Otajonov) spektakli aholi vakillaridan iborat kattayu kichik tomoshabinlar uchun namoyish etildi. Navro‘z ayyomi bilan ham ohang tarzda tashkil etilgan haftalikning birinchi kunida teatr ijodkorlari teatr binosi old maydonini bayramona ko‘rinishda bezatishgan holda, tomoshabinlarni qutlovlar bilan samimiy kutib olishdi.

0 comments on “”