2026-yil 30-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga spektakl tomosha qilish uchun tashrif buyurgan «Mamun school» xususiy ta’lim muassasasi o‘quvchilari teatr oldi maydonida musiqiy sadolar ostida ertak qahramonlari obrazlari orqali tantanali tarzda kutib olindi. Mazkur ta’lim dargohi o‘quvchilari uchun teatr tomosha zalida repertuardagi «Ming bir kecha tushlari» spektakli namoyish etildi.

0 comments on “”