2021-yil 1-sentyabr kuni Òzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi tantanalarida qatnashayotgan Fransiya Senati a’zolari Xiva shaxriga xam tashrif buyurishdi.Yuksak martabali mexmonlarni kutib olish marosimida Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari munosib ishtirok etishdi. Shuningdek, mexmonlar teatr ijodkorlari ijrosida qòģirchoqlar aravasi kompozitsiyasi xamda «58-Xon » teatrlashtirilgan maydon tomoshasidan baxramand bòlishdi. Xorazm viloyati qòģirchoq teatri jamoasi yurtimiz axlini Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan qizģin muborakbod etadi!

0 comments on “”