2022 — yil 9-fevral kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida bobokalonimiz, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan «Navoiyni anglash — òzlikni anglash» mavzusidagi senariy asosida madaniy-ma’rifiy tadbir òtkazildi. Unda teatr adabiy bòlimi mudiri Davlatnazar Yusupov buyuk shoirning «Munojat» asari tòģrisida ma’ruza qildi. Teatrning yetakchi aktyorlari shoir ijodidan nodir namunalaridan ifodali òqib berishdi. Shuningdek, aktyorlar Shokir Raximov xamda Abduyoz Matchanovlar «Mubtalo bòldim» g’azali asosidagi ashulani jòrovozlikda ijro qilishgan bòlsa Davronbek Otaxonov «Òynar» radifli ģazalni moxirona kuyladi, Rustamboy Ollaquliyev ijrosida xam mumtoz ashulalar yangradi. X.Soipov, E.Atabayev, M.Masharipov, Z.Shonazarova, F.Saitnazarova, A.Tillayeva, F.Davletov, R.Nazarova, U.Allaberganov, M.Sabirova, N.Nazarovalar tadbirda faollik kòrsatishdi. Teatr ishlab chiqarish sexi rassomlari ijod namunalarini namoyish qildi. Tadbir sòngida teatr direktori, Òzbekiston Respublikasida xizmat kòrsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev yakuniy sòzga chiqib, Navoiy daxosi xaqida nutq sòzladi va tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.