2022-yil 9-mart kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatri ijodkorlari joylarda, ma’rifiy-madaniy uchrashuvlar òtkazish tadbirlari doirasida uchrashuv tashkil etishdi. Mazkur uchrashuv Xiva shaxar 2-son maktabda Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oila farzandlari uchun òtkazilib, unda teatrning 1-toifali aktyori Elyorbek Atabaev, Muxtorbek Masharipov xamda istedodli ijodkorlardan Yusufboy Allaberganovlar ishtirok etib, maskan o‘quvchilari uchun teatr san’ati, aktyo’rlik sir-asrorlari, qòģirchoq teatrining axamiyati tòģrisida ma’lumotlar berishdi. Shuningdek, bolalarning savollariga atroflicha javob qaytarishdi.

0 comments on “”