Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining 2022-yil bo’yicha ish rejasining II-choragiga kiritilgan teart oliy toifali aktyori Umrbek Allaberganovning benefisi 2022-yil 27-iyun kuni teatr foyesida o’tkazildi. Аktyor o’z chiqishida o’zi ishtirok etgan spektakllardagi rollaridan parchalar ijro etdi. Shuningdek maydon tomoshalaridagi ishtirokidan lavxalar, ko’rinishlar tayyorlab taqdim etdi. Saxna nutqi bo’yicha maxoratini ko’rsatib, klassik shoirlar ijodidan she’rlar va monologlar o’qidi. Aktyor o’z chiqishida o’ziga xos maxorat darsini xam o’tab berdi. U ushbu jarayonda ustoz shogird an’anasi bo’yicha xamkasb tengdoshlariga yuzlanib o’z tajribasini va fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.