Oʼzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining № 04-11-05-1907 sonli xatiga asosan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi 2022-yil 3-27 oktyabr kunlari Turkiya Respublikasi Istanbul shaxrida oʼtkaziladigan “XXIV- Xalqaro Istanbul qoʼgʼirchoq festivali” ning birinchi òn kunligida faol ishtirok etdi. Festival doirasida «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etildi. 3,4,6 — oktyabr kunlari Istanbulning Taqsim maydonida shaxar axolisi va butun dunyodan tashrif buyurgan mexmonlarga spektakl tomoshasi taqdim etilgan bòlsa, 8 — oktyabr kuni «Tòriyum» savdo markazida 4 seans, 9 — oktyabr kuni Istanbulning «Mall of Istanbul» savdo markazida xam 4 seans spektaql namoyishi òtkazildi.
Umumiy xisobda butun festival davomida Xorazm viloyati qòģirchoq teatri direktori, Òzbekiston Respublikasida xizmat kòrsatgan Madaniyat xodimi Davronbek Atabayev raxbarligida Davronbek Xudayberganov, Baxodir Raximov, Davronbek Ismailov va Umrbek Allaberganovlar 11 seans «Xiva lazgisi» spektaklini festivalda ishtirok etgan qatnashchilar va katta kichik yoshdagi keng tomoshabinlar ommasiga namoyish etishdi.
Teatr jamoasining chiqishlari juda iliq kutib olindi. Xorazmlik qòģirchoq san’ati ustalarining maxoratiga qoyil qolgan yana kòplab mamlakatlar vakillari tomonidan xam takliflar tushdi.
Festival mobaynida Xorazm viloyati qòģirchoq teatri tomonidan taqdim etilgan spektakl tomoshalarida jami 10 ming nafar tomoshabin ishtirok etdi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.