2022-yil 22-dekabr kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida teatr repertuar rejasining III-choragiga kiritilgan davlat buyurtmasi asosidagi D.Yusupovning «Jaloliddin Manguberdi» spektakli (rejissyor Shomurod Yusupov) ning badiiy kengash va jamoatchilik ko’rigiga taqdimoti o’tkazildi. Taqdimotda Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig’i X.Sapaev, Xiva Ichan qal’a muzey qo’riqxonasi direktori Sh.Madaminov, Xiva shaxar Madaniyat uyi raxbari M.Madrimova, teatr san’ati soxasi yetuk mutaxassislari: O’zbekiston Xalq artisti G.Raximova, S.Qodirov, O. Abdullayev, M.Quryazov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O.Ismailov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yangi saxna asari badiiy kengashi tomonidan yuksak baxolanib, kengash ishtirokchilarining e’tirofiga sazovor bo’ldi.
0 comments on “”