Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan madaniy – ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Uni teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev olib bordi. Tadbirda ulug’ shoir ijodi va xayoti to’g’risida keng to’xtalib o’tildi. Badiiy qismda esa teatr ijodkorlari ijrosida shoir ijodiga mansub g’azallar asosida qo’shiqlar kuylanib, aktyorlar tomonidan buyuk bobomiz ruboyilari ifodali tarzda o’qildi.
@Xorazmkukol

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.