🎭🎭🎭
21-OKTABR O’ZBEK TILI BAYRAMI KUNI
2023-yil 21-oktabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatrida Òzbek tiliga davlat maqomi berilgan tabarruk sana munosabati bilan Til bayrami doirasidagi davra suhbati tashkil etildi. Uni teatr direktori, Òzbekiston Respublikasida xizmat kòrsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev olib bordi. Tadbirda teatr adabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupov nutq sòzlab, ona tilimizning boyligi, uning avlodlar uchun qadrli meros ekanligi tòģrisida atroflicha tòxtaldi. Shuningdek, teatr ijodiy xodimlari òz chiqishlarida ona tilimizni tarannum etuvchi she’rlar va monologlarni ifodali òqishdi.
0 comments on “”