Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrining 30 yilligi munosabati bilan 2023-yil 4-noyabr kuni Xiva shahridagi “Said Islom Xo’ja” mexmonxonasining tantanalar saroyida katta bayramona tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Xorazm viloyati xokimligi, viloyat madaniyat boshqarmasi mutasaddi rahbarlari, viloyatdagi idora-tashkilotlar xodimlari, faxriy madaniyat xodimlari hamda teatr sohasiga befarq bo’lmagan keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Teatrning to’rt nafar fidoyi xodimlari: Davlatnazar Yusupov, Yusufboy Allaberganov, Gulbahor Yusupova, Aziza Tillaevaga, shuningdek, teatrning ko’p yillik ijodiy hamkori, Germaniyaning “Xameleon” teatri rahbari, rejissor va pedagog Yurgen Saxmannga O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tegishli buyruqlariga asosan “Madaniyat va san’at fidokori” ko’krak nishoni topshirildi. Jamoaning faol a’zolariga viloyat xokimligi va madaniyat boshqarmasining “Tashakkurnoma” lari hamda kasaba uyushma қo’mitasining maxsus sovg’alari taqdim etildi.
Tantanali tadbir teatrlashtirilgan tarzda bayramona ruhda o’tkazildi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.