2023-yil 14 — dekabr kuni Xorazm viloyati qòģirchoq teatri ijodkorlari Turkiya Respublikasining Bursa shahrida òtkazilayotgan «XX Xalqaro Bursa Qoragòz qòģirchoq va soya teatri festivali»da Y. Allaberganovning «Xiva lazgisi» spektakli (Rej: G.Yusupova)ni namoyish etishdi. Milliy urf odatlarimiz, kuy va qòshiqlarimiz, an’analarimiz aks ettirilgan ushbu sahna asari festival tashkilotchilari, qatnashchilari hamda butun tomoshabinlarni hayratlantira oldi.
0 comments on “”