Xiva shahrining “Yangi turmush” mahallasi xududida ajratilgan maydonda quruvchi tashkilot — Xiva Qurilish MChJ tomonidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Qurilish inshootining yuqorisida ģisht terish ishlari ketayotgan bir paytda ichki va tashqi devorlardagi suvoq ishlarining salmoqli qismi bajarildi. Teatr binosi kundan kunga yuksalib òziga xos kòrinish kasb etmoqda.
0 comments on “”