Xiva shahrining “Yangi turmush” mahallasi xududida ajratilgan maydonda quruvchi tashkilot — Xiva Qurilish MChJ tomonidan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri yangi binosining qurilish ishlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Hozirda binoning deraza romlarini o’rnatish ishlari yakuniy bosqichga yetib keldi. Shuningdek, inshoot devorlarining tashqi qismiga tashqi ta’sirlar (issiq -sovuq) dan himoya qiluvchi maxsus qoplamalar o’rnatilmoqda hamda suvoq ishlari bajarilmoqda.
0 comments on “”