2024-yil 8-fevral kuni — «9-fevral — Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi » munosabati bilan Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatrida adabiy — badiiy tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda teatr direktori, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev, teatr adabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupovlar  sòzga chiqib, bobokalonimizning ibratli xayot tarzi va boy adabiy merosi tòģrisida atroflicha tòxtalib òtishdi.  Badiiy qismda teatr ijodkorlari Davronbek Ataxonov, Oybek Ibroximov va Sevara Boģibekovalar Navoiy ģazallari asosida klassik ashulalar ijro etishdi. Shuningdek teatr aktyorlari Navoiy sheriyatidan namunalarni ifodali òqishdi.‌‌

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.