2024 -yil 20 -fevral kuni Xorazm viloyati qòg’irchoq teatrida ikki buyuk adib Òzbekiston Xalq shoiri Omon Matjon hamda Matnazar Abdulhakim tavalludlari munosabati bilan adabiy -badiiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Xiva tongi gazetasi muharriri Sherjon Masharipov, Xiva shahar Markaziy kutubxonasi xodimlari va shoirlar she’riyatiga befarq bòlmagan yoshlar ishtirok etishdi. Atoqli adiblar ijodi yuzasidan Sherjon Masharipov, teatr direktòri Davronbek Atabayev, teatr adabiy bòlim mudiri Davlatnazar Yusupovlar ma’ruza qilishdi. Teatr aktorlari ikki uluģ ijodkorlar qalamiga mansub she’rlarni ifodali òqishdi. Teatr jamoasi iqtidorli ijodkorlari Davronbek Ataxonov, Oybek Ibraximov, Abduyoz Matchanov hamda Sevara Boģibekovalar ijrosida maskur shoirlarning she’rlari asosida yaratilgan diltortar qo’shiqlar ijro etildi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.