2024 — yil 24-iyun kuni Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri ijodkorlari Ichan qal’adagi sayyohlar uchun taqdim etilayotgan navbatdagi teatrlashtirilgan chiqishlari doirasida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun Xon va saroy a’yonlarining yurishlari hamda Qo’g’irchoqlar aravasi badiiy kompozitsiyasini namoyish etishdi. Dasturning Folklor tomoshalari qismida teatr ijodkorlari O’zbekiston Davlat Filarmoniyasi  Andijon viloyati bo’linmasi ijodkorlari bilan hamkorlikda san’at namunalarini taqdim qilib, barchaga, xush kayfiyat ulashishdi. O’ziga xos bayramona tadbirda Xorazm viloyati qo’g’irchoq teatri direktori D. Atabayev hamda Andijon Filarmoniyasi direktori R. Ahmedovlar qatnashchilarni qizg’in muborakbod etishdi.

@Xorazmkukol

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.