Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri direktori D.Atabayev 2024-yil 21-25 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt- Peterburg shahri va Kareliya Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi. Safar davomida 22-noyabr kuni Sankt- Peterburg davlat musiqali komediya teatrida “Весёлая вдова” musiqali spektakli namoyishida, 23-24 noyabr kunlari Kareliya Respublikasi teatrlari bilan “Opera VITA” Xalqaro teatr festivalining tantanali yopilishi marosimida ishtirok etdi.
Shuningdek, teatrlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli ijodiy hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish maqsadida Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat musiqali komediya teatri, KUKART Xalqaro festivali hamda Kareliya Respublikasi Petrozavodsk qo‘g‘irchoq teatri bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri o‘rtasida Memorandumlar imzolandi. Memorandumlarni Sankt – Peterburg davlat musiqali komediya teatri nomidan teatr bosh direktori Y.A.Shvarskopf, KUKART Xalqaro Festivali nomidan festival Prezidenti D.S.Burman, Kareliya Respublikasi Petrozavodsk qo‘g‘irchoq teatri nomidan L.N.Vasilevalar, Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri nomidan teatr direktori D,Atabayevlar imzolashdi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.