2025-yil 17-fevral kuni Xiva shahridagi «Arda Xiva» turistik majmuasida bir qator madaniy tadbirlar tashkil etildi. Yangi turistik mavsum ochilishi oldidan o‘tkazilgan tadbirlar doirasida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi «Xon va Saroy a’yonlarining yurishi» teatrlashtirilgan maydon tomoshasi orqali ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishlashdi. Shuningdek, tarixiy siymolarni gavdalantirgan ijodkorlar bilan fotosessiya ham uyushtirildi.
0 comments on “”