«27-mart-Xalqaro teatr kuni»  «Teatr tomoshalar haftaligi» ning so‘nggi kuni bilan o‘zaro uyg‘unlikda juda chiroyli va fayzli o‘tdi.  Haftalikning so‘ngi kunida teatr tomosha zalida katta-kichik aholi vakillaridan iborat teatr san’ati ixlosmandlari uchun repertuardagi «Sayyor teatr tomoshalari» spektakli namoyish etildi.  Sarhisob qilinadigan bo‘lsa Haftalikning xar bir kuni taassurotlarga boy bo‘lib,  teatr tomosha zali tomoshabinlar bilan to‘lib toshgani ayniqsa quvonarlidir.  Ijodiy jamoa xalqimizning san’atga bo‘lgan e’tiboridan kuch olib, bor maxoratini ishga soldi. Bir hafta davomida muntazam ravishda tomoshabinlar uchun haqiqiy bayramona kayfiyat va cheksiz  zavqu-shavq ulashildi.

 

@Xorazmkukol

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.