«27-mart-Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan katta tantanali tadbir va taqdirlash marosimida Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri truppa bo‘yicha rejissor yordamchisi Davronbek Ismailov hamda teatrning II toifali aktyori Rohatoy Matyaqubovalar ishtirok etishdi. Teatrning mazkur ikki nafar fidoyi xodimiga Madaniyat vazirligining maxsus «TASHAKKURNOMA»si hamda qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.