Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrining Yetakchi sahna ustasi, iqtidorli ijodkor Umrbek Allaberganov Farg‘ona viloyati qo‘g‘irchoq teatrida eng zamonaviy texnologiyalar asosida «Sehrli nur» janriga mansub «Sehrli tush» spektaklini muvaffaqiyatli sahnalashtirdi. Shuningdek, u Farg‘ona viloyatiga safari doirasida viloyat qo‘g‘irchoq teatri xodimlari uchun master klaslar tashkil qildi. «Sehrli nur» janri asosida ilk spektakl Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida sahnalashtirilgan bo‘lib, xozirda Umrbek Allaberganov uni respublikamizning boshqa teatrlarida ham joriy qilishda faollik ko‘rsatmoqda.
@Xorazmkukol
0 comments on “”