#Gastrol
Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Rossiya Federatsiyasining Kareliya Respublikasi Petrozavodsk shahriga gastrol safari doirasida teatr repertuaridagi milliy an’analarimiz tarannum etilgan «Xiva lazgisi» spektaklini namoyish etib, tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Teatr jamoasi Kareliya Respublikasi Madaniyat vazirining «Tashakkurnoma» si bilan taqdirlanishdi.
@Xorazmkukol
0 comments on “”