Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi tomonidan 2025-yil 24-sentyabr kuni sayyor tarzda viloyat markazi Urganch shahridagi MTTda «Baxt izlagan tipratikan» spektakli, teatr tomosha zalida esa Xiva shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun «Xiva lazgisi» spektakli namoyish etildi. Shu kuni teatrda «Sahna ortiga sayohat» dasturi doirasida Xiva shahridagi 121-son » Nurli maskan» maktab internati o‘quvchilari uchun ekskursiya ham tashkil etilib, bolajonlar teatr ijodiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

@Xorazmkukol
0 comments on “”