2025-yil 14-oktyabr kuni teatrda Xiva shahridagi 20-sonli umumiy o‘rtata’lim maktabi o‘quvchilari uchun spektakl namoyishi ochiq dars shaklida tashkil etilib, namoyish oldidan “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot tarzida davra suhbati o‘tkazildi.Unda o‘zbek tilining salohiyati, betakrorligi va uning rivoji yo‘lida Alisher Navoiy dahosining roli to‘g‘risida so‘z bordi.
16-oktyabr kuni teatr tomosha zalida “21-oktyabr –O‘zbek tili bayrami” ga bag‘ishlab “So‘z latofati” mavzusida ma’rifiy-ma’naviy tadbir tashkil etildi. Uni faxriy ustoz, san’atshunos mutaxassis Davlatnazar Yusupov olib bordi. Tadbir davomida O‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidovning o‘zbek tilidagi so‘z latofatining sehri haqidagi go‘zal e’tiroflari xususida suhbatlashildi.

0 comments on “”