21-oktyabr- O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «Qadring baland bo‘lsin ona tilim!» shiori ostida «Ona tilim-faxrim» tantanali ma’rifiy ma’naviy tadbir tashkil etildi. Tadbirni teatr direktori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Davronbek Atabayev kirish so‘zi bilan ochdi.
Tadbirda davlat tilining nufuzini oshirish masalasi tadbirning asosiy maqsadi ekanligi ta’kidlandi. Unda millat ruhini ulug‘lashda davlat tilining roli xususida so‘z bordi. Qahramon shoirlarimiz Abdulla Oripov, Erkin Vohidov she’rlaridan, buyuk bobokalonimiz Navoiy, ma’rifatparvar Cho‘lponning asarlaridan parchalar o‘qildi.

0 comments on “”