2026-yil 18-may kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida repartuar rejadan tashqari Turkiyalik rejissyor Jengiz O‘zek tomonidan sahnalashtirilgan «Sehrli chiroq» spektaklining teatr ichki badiiy kengashiga taqdimoti o‘tkazildi. Soya teatri talablari asosida sahnalashtirilgan mazkur spektakl kengash a’zolarila ma’qul keldi. Yangi sahna asari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi ekspertlar kengashi ko‘rigidan o‘tkazilib, ijobiy xulosa olinganidan keyin premyera qilinishi rejalashtirilmoqda.

Did you like this? Share it!

0 comments on “

Comments are closed.