Бош сахифа

2026-yil 8-aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatrida «9-aprel-Buyuk sohib qiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi» munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida teatr direktori Davronbek Atabayev hamda teatr adabiy qism mudiri Davlatnazar Yusupovlar buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur shaxsiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, tashkil etilgan tadbirning badiiy qismi davomida teatrning yetakchi aktyorlari ijrosida Amir Temur siymosi gavdalantirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

2026-yil 6-7 aprel kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri jamoasi Xiva shahrining Ichan qal’a majmuasida muntazam namoyish etilayotgan teatrlashtirilgan tomoshalar dasturi doirasida Milliy qo‘g‘irchoq o‘yinlari, «Javohir» folklor guruhi konserti, Xon va saroy a’yonlarining yurishi va repertuardagi spektakllardan parchalar taqdim etgan holda xorijiy va mahalliy sayyohlarga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatishdi.

2026-yil 7-8 aprel  kunlari Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodkorlari Urganch va Xiva shahridagi MTTlarga tashrif buyurib jajji bolajonlar uchun «Malikaning alifbosi» hamda «Quvnoq ayiqchalar» spektakllarini namoyish etishdi.

2026-yil 7-8 aprel kuni Xorazm viloyati qo‘g‘irchoq teatriga Urganch shahridan tashrif buyurgan «Nihol» nodavlat ta’lim maskani o‘quvchilari uchun teatr mas’ul hodimlari boshchiligida «Sahna ortiga sayohat» dasturi doirasida ekskursiya tadbirlari tashkil etildi. Shuningdek, mazkur o‘quvchilar uchun teatr tomosha zalida «Laylak va qo‘riqchi» spektakli namoyish etildi.